Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi
Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi

 



Ma'naviyat tizimiga kirish 


Foydali manbalar


  Milliy bayramlar



mygovuz_uz.jpg

 

Rejadagi tadbirlar

Elektron fuqaro murojaatlari

Jami murojaatlar: 32                                       

Ko‘rib chiqilmoqda:                                               

Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan: 32

  

connexontario_uz.jpg

Ob-havo


                  Все о погоде - Pogoda.uz

Ovoz berish


Barcha ovozlarni ko'rish
  1. Bizning veb-saytimizni qanday baholaysiz?
    15 44%
    7 21%
    7 21%
    5 15%

    Barcha ovozlar soni: 34



VAKANT

         

Markaz rahbarining vazifalari:

 - Markaz va uning Boshqaruv hay'atiga rahbarlik qiladi, Markazning umumiy faoliyatini tashkil etadi va boshqaradi;

- Markaz Nizomi va Dasturi doirasidagi umumiy faoliyatni muvofiqlashtirish;

- Markaz nomidan ishonchnomasiz ish ko'rish, barcha yuridik va jismoniy shahslar, shuningdek, xorijiy tashkilotlar oldida Markaz manfaatlarini ifoda etish;

-mulkiy operativ huquqlarni amalga oshirish, shartnomalar tuzish, jumladan, mehnat shartnomalarini tuzish, ishonchnomalarni berish, banklarda hisob raqamlari va boshqa hisoblarni ochish, bank, moliya va boshqa hujjatlarga birinchi imzo huquqidan foydalanish, barcha hodimlar uchun umumiy bo'lgan qaror va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarni chiqarish;

- Markaz bo'limlari mudirlari, hodimlari, xo'jalik hisobidagi guruhlar va korxonalar rahbarlarini mehnat shartnomasi asosida buyruq bilan tayinlash, bo'shatish va moliyaviy ishlarni nazorat qilish;

- Respublika Ma'naviyat va ma'rifat Kengashiga Markazning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy bo'limlari rahbarlari lavozimiga nomzodlarni tavsiya qilish hamda ularni vazifasidan ozod etish to'g`risida xulosalar berish;

- Markazning Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy bo'limlari rahbarlari tavsiyasiga ko'ra, Respublika Ma'naviyat targ`ibot markazining tuman va shaharlar mintaqaviy bo'limlari rahbarlarini lavozimga tayinlash va ozod etish;

- Markazning mintaqaviy-hududiy bo'limlari ishini tashkil etish, faoliyati yo'nalishlarini belgilash, qo'yilgan vazifalarning o'z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilish;

- Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo'qori Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha yordamchilari lavozimiga nomzodlarni tavsiya qilish;

- Oliy o'quv yurtlari, jumladan, ixtisoslashtirilgan oliy o'quv yurtlari ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo'yicha prorektorlari lavozimiga nomzodlarni tavsiya qilish;

- Toshkent shahrida va viloyatlarda faoliyat ko'rsatayotgan yirik ma'naviyat va ma'rifat markazlari, muzeylar va teatrlar, yirik sport inshootlari va o'yingohlar, markaziy saroylar, kino saroylari, sirk, planetariy va hayvonot bog`lari, yirik madaniyat va istirohat bog`lari, sihatgohlar va dam olish zonalari, sanatoriylar, yirik madaniyat obidalari va qadamjolar, ziyoratgohlar, markaziy axborot-resurs hamda axborot-kutubxona markazlari, boshqa yirik ma'naviy-madaniy mussasalari va tashkilotlari rahbarlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari lavozimiga nomzodlarni tavsiya qilish;

- Amaldagi qonunchilik asosida hamda Markaz maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Markaz tuzilma birliklarini, bo'limlari va boshqa o'ziga qarashli korhona hamda tashkilotlarni barpo etish va tugatish;

- Markazning moliyaviy-xo'jalik masalalari bilan shug`ullanish, homiylarning moddiy yordami hamda xo'jalik hisobidan qo'shimcha mablag`lar topishni yo'lga qo'yish, Markazning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash, uni zamonaviy jihozlar bilan ta'minlash, hodimlarni moddiy rag`batlantirish chora-tadbirlarini ko'rish;

- Jamoatchi targ`ibotchilarni tanlash, ularni Respublika Ma'naviyat va Ma'rifat Kengashi tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayoniga jalb etish, Milliy g`oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi hamda nashriyot va tashkilotlar tayyorlagan risola va qo'llanmalar, shuningdek, yangi zamonaviy axborot tehnologiyalari vositalari bilan ta'minlash, rag`batlantirish masalalarini hal etish.