Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi
Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi

 



Ma'naviyat tizimiga kirish 


Foydali manbalar


  Milliy bayramlar



mygovuz_uz.jpg

 

Rejadagi tadbirlar

Elektron fuqaro murojaatlari

Jami murojaatlar: 32                                       

Ko‘rib chiqilmoqda:                                               

Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan: 32

  

connexontario_uz.jpg

Ob-havo


                  Все о погоде - Pogoda.uz

Ovoz berish


Barcha ovozlarni ko'rish
  1. Siz qanday turdagi kitoblarni o`qish xohlaysiz?
    14 42%
    10 30%
    7 21%
    2 6%

    Barcha ovozlar soni: 33



Markaz tomonidan amalga oshirilgan tadbirlarning
PRESS-RELIZI

1."Yilning Eng faol ma'naviyat targ'ibotchisi" Respublika ko'rik tanlovining press-relizi

2.O'zbekston xalq shoiri Zulfiya tavalludining 100 yilligiga bag'ishlangan "Ma'naviy jasorat sohibasi" mavzuidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbiring press-relizi

3."Madhiyamiz - faxrimiz" mavzuidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbiring press-relizi

4. Respublika Ma’naviyat targ`ibot markazi rahbari Qahromon Quranboyevning 2014-yilda Markaz va uning hududiy bo’limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va 2015-yilga mo’ljallangan ma’naviy-mar’ifiy ishlarning ustivor yo’nalishlari mavzusidagi ma’ruzasi


Respublika Ma’naviyat targ`ibot markazining bugungi kengaytirilgan yig’ilishi kun tartibiga qo’yilgan asosiy masala - bu o’tgan 2014-yilda Markaz va uning mintaqaviy-hududiy bo’limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuq va kamchiliklarni muhokama etish hamda 2015-yilda Respublikamizdagi ma’naviyat sohasida amalga oshirishimiz lozim bo’lgan vazifalarni belgilab olishdan iborat.

      Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi va uning mintaqaviy-hududiy bo’limlari faoliyatini tizimli tashkil etish maqsadida  2014-2016 yillarga mo’ljallangan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish Dasturi ishlab chiqilib, bugun hayotga tadbiq etilmoqda. Mamlakatimizda yil davomida amalga oshiriladigan targ’ibot tadbirlari muvofi?lashtirilib, targ’ibot oyliklarini  tizimli tashkil etish yo’lga qo`yildi.

   

2014-yil davomida Respublikamizning jismoniy va yuridik shahslaridan jami 68 ta murojaat  xatlari qabul qilindi, jumladan, 35 ta yozma murojaat, 21 ta og`zaki hamda 12 ta elektron ko’rinishdagi murojaatlarning barchasi belgilangan muddatlarda ko’rib chiqilib, vakolat doirasidagi 48 ta murojaatlar qanoatlantirildi, shuningdek, qolgan murojaat egalariga tavsiyaviy yo’nalishlardagi yozma javoblar berildi.


IMG_2599.jpg     
   Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazining 2014-yilga mo’ljallangan 12 ta yo’nalish 60 banddan iborat chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, bugungi kunda ushbu dastur ham 99,2%ga bajarildi.

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2014-yil 5-apreldagi 64-sonli bayoni ijrosi yuzasidan yil davomida, Respublikamizdagi barcha vazirlik, qo`mita, idora va tashkilotlar tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarda faoliyat ko’rsatayotgan 1800 nafardan ortiq hodimlar “Ma’naviyat targ’ibotchisi” ta’lim muassasasida o’z malakalarini oshirdilar. Jumladan, oliy o`quv yurtlari prorektorlari, tijorat banklari, “O’zbekiston temir yullari” DAK, “O’zbekiston havo yo’llari” MAK, Davlat soliq qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi va boshqa ko’plab tashkilotlarning hodimlari o’z bilimlarni oshirib, malaka oshirish kurslarini tugatganliklari to`grisida sertifikatlarga ega bo’ldilar.

 Turli sohalarda yuz berayotgan jarayonlarni tahlil qilish hamda bu axborotlarni aholiga tezkor va sodda qilib yetkazib berish maqsadida Markaz huzurida jami 150 nafar olimlaridan iborat  5 ta siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sotsiologik va huquqiy yo’nalishlar bo’yicha doimiy faoliyat yurituvchi ekspertlar faoliyati yo’lga qo`yildi.

Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi tomonidan 2014-yilning yanvar oyida hududlardan saralab olingan 140 nafar jamoatchi targ’ibotchilar uchun ikki bosqichli o`quv-seminar tashkil etildi. Tizimda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish maqsadida Buxoro, Farg`ona, Toshkent, Navoiy va Andijon viloyatlarida respublika o`quv-seminarlari tashkil etildi.

Markaz va uning mintaqaviy-hududiy bo’limlari davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda olimlar, siyosatchi mutaxassislar, ijodkor ziyolilar ishtirokida aholining turli qatlamlari o’rtasida 12 oy davomida jami  68045 ta (o’tgan yilga nisbatan 36303 ta ko’p, 2013-yilda - 31742 ta) ta uchrashuv, suhbat, ma’ruza, savol-javob kechasi va boshqa ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazildi. 2014-yil davomida 14 ta  muhim sanalar keng nishonlandi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish to`grisida”gi 2013-yil12 dekabrdagi 4171-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida mamlakatimiz bo’ylab jami 12350 dan ortiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-fevraldagi “Navro’z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to`grisida”gi PQ-2134-sonli qarori ijrosi yuzasidan mamlakatimiz bo’ylab jami 1562 ta, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to`grisida”gi 2014-yil 1-iyuldagi PQ-2198-sonli qarorining 4-bandi ijrosi yuzasidan jami 1200 ta, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Konstituciyasi qabul qilinganining yigirma ikki yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to`grisida”gi 2014-yil 7-noyabrdagi 4376-sonli Farmoyishi ijrosi yuzasidan jami 12 284 tadan ziyod ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy tadbirlar o’tkazildi va targ’ibot tadbirlari davomida jami 1 mln.155 mingdan ziyod aholining turli qatlamlari qamrab olindi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 6-fevraldagi PQ-2124-sonli “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarori dasturining 3-,12-,29-bandlari bo’yicha  Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi asosiy ijrochi sifatida, 7500 dan ziyod ma’naviy-ma’rifiy va madaniy targ’ibot tadbirlarini amalga oshirdi hamda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 2014-yil 19-fevraldagi PQ-2133-sonli “Sog`lom bola yili to`grisida”gi qarori dasturining  105-, 114-, 117- 118-, 125- bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi va uning mintaqaviy-hududiy bo’limlari tomonidan joriy yilning 12 oyi davomida jami 10433 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar o’tkazildi. Shuningdek, Davlat dasturining 125-bandi ijrosi bo’yicha “Farzandlari Sog`lom yurt qudratli bo’lur” nomli  67 500 nushada 10 turdagi va “Tasviriy oyina” uyushmasi bilan hamkorlikda "O’zbekiston Respublikasi Davlat ramzlari" mavzusida  6289 nushada 13 turdagi  plakatlar to’plami chop etildi va joylarga yetkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriq-xati asosida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 573 yilligi, shoh va  shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 531 yiligi, Sohibqiron bobomiz Amir Temurning 678 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo’ylab 15000 mingdan ziyod uchrashuvlar, davra suhbatlari, ijodiy kechalar, konferenciyalar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo’lib o’tdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, ta’lim, sog`liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza  masalalari kompleksi majlisining 2014-yil 28-apreldagi “Respublika “Kitob bayrami” tadbirini o’tkazish chora-tadbirlari to`grisida”gi  81-son majlis bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Adabiyotga e’tibor-kelajakka,  ma’naviyatga  e’tibor” shiori ostida respublika bo’ylab kitob bayrami tadbirlari tashkil etildi.

Joriy  yil davomida “Munosib hayot, obod turmush tarzini targ`ib etishda yoshlar ijtimoiy-ma’naviy faolligining oshirishning asoslari” “Yoshlarda shukronalik va hayotga pozitiv yondashuvni mustahkamlash ijtimoiy barqarorlik sifatida”, “Voyaga yetmagananlarni turli ma’naviy tahdidlar va informatsion hurujlardan himoya qilishning dolzarb masalalari”, “Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda  dramaturgiya va teatrning o’rni” hamda “Sog`lom bola yili” Davlat dasturini keng targ`ib etish maqsadida “Sog`lom bola – yorug` kelajagimiz asosi” va “Sog`lom avlod tarbiyasida ma’naviyatning o’rni” kabi mavzularda jami 8 ta (o’tgan  yilga nisbatan 6 ta ko’p, 2013- yilda - 2 ta) respublika ilmiy-amaliy konferensiyalari o’tkazildi.

 2014-yil mobaynida Konferensiya materiallari asosida 6 ta to’plam va boshqa yana    8 nomdagi kitoblar jami 14 ta kitob chot etildi.

Milliy g`oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar, milliy qadriyatlarning tiklanishi, keng ko’lamda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari mohiyatini targ`ib qilishga qaratilgan targ’ibot vositalari yaratildi. Jumladan, 40 dan ziyod (o’tgan  yilga nisbatan  23 ta ko’p, 2013-yilda - 17 ta) dolzarb ma’ruza matnlari 10 mingta  DVD disklarda ko’paytirilib, joylarga yetkazildi.

Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi tomonidan “Ma’naviy qiyofa”, “Zamonaviy internet tarmoqlarining ma’naviyat targ’ibotchilari” “O’zbek qizining ibo-hayosi”, “Kasbiy ta’lim yo’nalishlari”  va “Tarixiy, madaniy va ma’naviy merosimiz, urf-odat va qadriyatlarimiz, intelektual kelajagimizning poydevori” kabi mavzularida 7 ta grant loyihalari tasdiqlanib (o’tgan  yilga nisbatan 6 ta ko’p, 2012-2013-yillarda davomida 1 ta), Fan va tehnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish qo`mitasiga moliyalashtirish uchun taqdim etildi.


IMG_2615.jpg


    Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi va uning mintaqaviy-hududiy bo’limlari tomonidan, markaziy va mahalliy gazeta-jurnallarda ma’naviy-ma’rifiy mavzularda jami 368 ta (o’tgan yilga nisbatan 31 ta ko’p, 2013-yilda - 337 ta) maqola e’lon qilindi, radio va televidenie orqali 229 ta (o’tgan yilga nisbatan 37 ta ko’p, 2013-yilda - 193 ta) chiqish amalga oshirildi.

Jumladan, O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezidentning Farmon, qaror va Farmoyishlari hamda ma’ruzalarini  shuningdek,  Vazirlar Mahkamasining qarorlarini maxsus sharhlab beruvchi «Sharh» deb nomlangan ko’rsatuv «O’zbekiston» kanali bilan hamkorlikda tayyorlanib, 6 ta soni efirga uzatildi. Shuningdek, Markaz hodimlari va ekspertlari tomonidan O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Toshkent” kanali bilan hamkorlikda “Mulohaza uchun mavzu” dasturida 4 ta, “O’zbekiston” telekanalining “Munosabat” ko’rsatuvida 4 ta dolzarb mavzulardagi maxsus ko’rsatuvlari tayyorlandi.

Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Kengashining 2014-yil 13-yanvardagi  majlisi  7-sonli bayoniga ko’ra mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralar ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlari yuzasidan Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazida hisobot-taqdimotlarini o’tkazilish tizimi joriy etildi. Jumladan, 2014-yilning yanvar-dekabr oylarida, tegishli komissiya tomonidan Qoraqalpog`iston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, “O’zstandart” agentligi, “Mikrokredit bank”, “Asakabank”, “O’zsanoatqurilishbank”, “Agrobank”,  “O’zgidromet” markazi, Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Bojxona va Davlat Soliq qo`mitalarining hisobotlari tinglandi va ma’naviy-ma’rifiy sohadagi keyingi faoliyatlari uchun manzilli tavsiyalar berildi.

Milliy g`oya targ’iboti va ma’naviy ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishni joylarda tizimli tashkil etish, olib borilayotgan va tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni jonlantirish maqsadida Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazining 193 ta tuman-shahar bo’limi rahbarlari uchun   9-13 iyun kunlari Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida joylashgan “Kamolot” yoshlar oromgohida 4 kunlik respublika o`quv-seminari tashkil etildi.

Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazining vakant tuman va shahar bo’limlari o’tgan yili sentyabr oyida jami 35 % rahbar kadrlar bilan ta’minlangan edi. Hozirgi kunda Markazning jami 95% tuman va shahar bo’limlari bugungi kunda rahbar kadrlar bilan to’ldirildi hamda hokimliklarning zahira mablag`i evaziga vaqtinchalik oylik maosh bilan ta’minlandi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2013-yil 15-noyabrdagi 339-sonli bayonida ko’rsatilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash maqsadida “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” sport musobaqalari oldidan “Yuksak ma’naviyatli avlod” festivalini o’tkazish beligilab qo`yilgan edi.

Festivalning dastlabki tuman va shahar bosqichida ishtirok etgan yoshlar soni   47937  nafarni tashkil etdi. Viloyat bosqichlarida ishtirok etganlar soni 4168 nafar bo’lib, shulardan 294 nafar ishtirokchi Respublika bosqichiga yo’llanma oldilar. Joriy yilning 19-21 iyun kunlari o’tkazilgan “Yuksak ma’naviyatli avlod” festivalining respublika final bosqichida ishtirok etib, g`olib bo’lgan ishtirokchilarga “Badiiy ijod”, “Prezident asarlari bilimdoni”,  “Eng yangi tarih bilimdoni”, “Eng iqtidorli hunarmand”, “O’z asarida milliylikni aks ettirgan  rassom”, “O’z asarida milliylikni aks ettirgan dizayner”, “Vatan kuychisi” va “Yuksak ma’naviyatli avlod” nominatsiyalari bo’yicha ishtirokchilar qimmatbaho sovg’alar va fahriy yorliqlar hamda diplomlar bilan taqdirlandilar.

O’zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2014-yil 19- noyabrdagi 243-sonli majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2014-yilning 25-26 noyabr kunlari Buxoro viloyatida “Vatan kelajagi-sening qo’lingda!” respublika targ’ibot Forumi doirasida “Yoshlar  ma’naviyatini shakllantirishda  dramaturgiya va teatrning o’rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferenciyasi hamda “Sahnada - zamondosh obrazi”  respublika teatr san’ati Festivali tashkil etildi.  

2014-yil 3-dekabr kuni Turkiston saroyida an’anaviy tarzda vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda o’tkazib kelinayotgan “Yilning eng faol ma’naviyat targ’ibotchisi” respublika ko’rik-tanlovining yakuniy bosqichi g’oliblarini taqdirlash marosimi o’tkazildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmagananlar ishlari bo’yicha komissiyaning 2014-yil 19-fevraldagi 1-sonli majlis bayoni hamda O’zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2014-yil 19-noyabrdagi 242-sonli majlis bayoni ijrosi yuzasidan, 13-16 yoshli bolalar ishtirokida “Biz kelajakka isxonamiz!” shiori ostida Respublika forumi tashkil etilib, Forumning Qoraqalpoqiston Respublikasi va viloyatlar bosqichi joriy yilning 9-10- dekabr kunlari, Toshkent shahrida Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasida 11- dekabr kuni respublika yoshlar Forumi yuqori saviyada tashkil etildi. Respublika bo’ylab o’tkazilgan ushbu tadbirlarda 4000 ga yaqin yoshlar ishtirok etishdi.

Boshqa ustuvor yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirilgan ishlarga to’xtalsak:

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurdagi voyaga yetmagananlar ishlari bo’yicha Respublika komissiyasining 2014-yilga mo’ljallangan “Voyaga yetmagananlar o’rtasida ma’naviy tarbiyani kuchaytirish va diniy aqidaparastlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar Dasturi” asosida Markazning alohida ish rejasi qabul qilinib, tegishli buyruq bilan joylarga yuborildi. Dastur ijrosi yuzasidan voyaga yetmagananlar o’rtasida diniy e’tiqod erkinligining mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda yoshlarni turli diniy oqimlar va sektalarning g`oyaviy ta’siridan asrash maqsadida 3337 ta (o’tgan  yilga nisbatan 378  ta ko’p, 2013-yilda – 2959 ta) uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniyat, ta’lim, sog`liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksining 2014-yil 20-fevraldagi 35-sonli majlis bayoni bilan tasdiqlangan “2014-yilda diniy vaziyatni yanada Sog`lomlashtirish, konfessiyalar va millatlararo totuvlikni mustahkamlashga doir” chora-tadbirlar dasturining birinchi - “Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va axborot kurashi yo’nalishi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan 4071 ta (o’tgan  yilga nisbatan  457 ta ko’p, 2013-yilda - 3614 ta) ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, seminar, uchrashuv va davra suhbatlari o’tkazildi. Yuqorida o’tkazilgan tadbirlardan tashqari ushbu bayonnoma ijrosi yuzasidan tegishli bandlarga Markaz mas’ulligidan kelib chiqib, hamkor tashkilotlarga bir qator takliflar berildi. 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-fevraldagi 37-sonli yig`ilish bayoni bilan tasdiqlangan “Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to`grisida”gi Dastur ijrosi yuzasidan Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi tomonidan  bir qator dolzarb mavzularda 795 ta tadbir o’tkazildi. Bundan tash?ari ushbu bayonnomaning    1-ilovasi 3-yo’nalishi bo’yicha “Fuqarolar yig`inlari faollari hamda aholining huquqiy ongini oshirishga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshirish bo’yicha ishchi guruhi”ning yiqilishi o’tkazilib, tegishli bandlariga ijro uchun mas’ul bo’lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda chora-tadbirlar Dasturi ishlab chiqilib, joylarga ijrosi ta’minlandi.

2014-yilda amalga oshirilgan ko’plab natijalar bilan bir qatorda Markazning mintaqaviy-hududiy bo’limlari faoliyatida bir qator kamchiliklarga yo’l qo`yilgan.

Birinchidan, 2014-yil davomida Markaz tomonidan tizimda faoliyat ko’rsatayotgan hodimlarga ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatish, shuningdek, joylardagi muammolarni bartaraf etish bo’yicha monitoring tizimi yo’lga qo`yilgan bo’lib, bir necha marotaba tahlillar amalga oshirildi. Jumladan, oxirgi marotaba 23-24-oktyabr kunlari Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazining barcha mintaqaviy-hududiy bo’limlar faoliyatini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan monitoring natijalari shuni ko’rsatdiki, ayrim viloyat bo’limi rahbarlarida tashabbuskorlikning sustligi oqibatida, ya’ni masalani viloyat rahbarlari oldiga to`g`ri qo`yaolmasligi, ishga yangicha munosabat bilan yondashmaganligi natijasida bugungi kunga qadar  Surxondaryo viloyatining Jarqo’rg`on, Qumqo’rg`on, Oltinsoy, Angor va Sherobod tuman bo’limlari faoliyatlari uchun tegishli sharoit yaratib berilmagan. Jumladan, xona, kompyuter, mebel jihozlari, telefon va faks apparatlari mavjud emas. Bundan tashqari yuqori tashkilotlardan yuborilgan hujjatlar nusxalari va targ’ibot materiallarini quyi bo’g’inlarga yetib bormaganligi holatlari kuzatildi.

Ikkinchidan, Surxondaryo viloyatining ayrim tuman va shahar hokimliklari tomonidan Kengash yig`ilishlari o’z vaqtida va rejada ko’rsatilgan tartibda o’tkazilmagan. Viloyatning Termiz, Sariosiyo, Uzun, Jarqo’rg’on, Oltinsoy, Qumqo’rg’on tumanlarida Kengash yig’ilishlari umuman o’tkazilmagan. Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod, Qarshi, Chiroqchi va Kitob tumanlari Ma’naviyat va ma’rifat kengashi tomonidan o’tkazilgan yiqilishlarda kun tartibidagi masalalar muhokama qilinib, kamchilikka yo’l qo`ygan muttasadi tashkilot rahbarlari va mas’ul hodimlariga choralar ko’rilmagan, ya’ni o’tkazilgan yiqilishlar nomiga amalga oshirilgan yoki ishni oxirigacha yetkazish choralari ko’rilmagan. 

Uchinchidan, Xorazm va Toshkent viloyat bo’limlarining voyaga yetmagananlar ishlari bo’yicha, huquqiy targ’ibot ishlari, “Konstitutsiya targ’iboti oyligi”, “Harbiy vatanparvarlik oyligi” kabi ishlar o’z vaqtida amalga oshirilgan bo’lsa-da, hisobot berish tartibi yo’lga qo`yilmagan. Hisobotlarni bir necha marta murojaat etgandan keyin taqdim etilishi yoki Xorazm viloyat bo’limida hisobotlarni umuman bermaslik holatlari kuzatilmoqda. Misol tariqasida voyaga yetmagananlar ishlari bo’yicha komissiyaning hisobotlarini oktabr, noyabr va dekabr oylari davomida Markazga bermaganligini ko’satish mumkin.

To’rtinchidan, Ishga ma’suliyatsizlik bilan yondashish holatlari  uchramoqda misol uchun, ayrim viloyat bo’limlari, shuningdek, Tayloq  Narpay, Oqdaryo, Paxtachi tumanlari va Kattaqo’rg`on shaxri bo’limlari o’z hududdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli ravishda tashkil etish ahvoli qoniqarsiz holatda.

To`grisini aytganda monitoring natijalari ko’plab viloyatlarimizda ishlar tizimli tashkil etilib, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha hokim yordamchilari o’zi bosh bo’lib, viloyat bo’limlari faoliyatini jonlantirishga harakat qilmoqda, bu uchun ularga Rahmat.


IMG_2592.jpg


     Amalga oshirilgan ishlar qatorida bugungi kunda hal etilishi lozim bo’lgan bir qator vazifalar 2015-yilda oldimizda turibdi.

 Birinchidan, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazining mintaqaviy-hududiy bo’limlari rahbar hodimlar bilan ta’minlanganlik darajasi 2013-yilning sentyabr-oktyabr oylarida bor yo’g’i jami 35 % ni tashkil etgan edi. Amalga oshirgan chora-tadbirlar natijasida hozirgi kunda Markazning 95% tuman va shahar bo’limlari rahbar kadrlar bilan to’ldirildi, lekin bugungi kunda tuman va shahar bo’limlariga munosib nomzodlarni tanlab olish bo’yicha ishlar ohiriga etkazilmadi. Viloyat bo’limlari rahbarlari bir oy ichida ushbu muammoni bartaraf etish choralarini ko’rishlari lozim.

Ikkinchidan, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi tizimida 2015-yilni “Tuman va shahar bo’limlari faoliyatini qo’llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilish hamda tuman va shahar bo’limlarini ishini rivojlantirish, shuningdek bo’lim rahbarlarini bilimlarini oshirish, ular  faoliyat yuritishlari uchun zamonaviy orgtehnika va boshqa zarur jihozlar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirishimiz lozim.

Uchinchidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi, shuningdek, joriy yilning 23-yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va Senati qo’shma majlisida qilgan ma’ruzalarini aholi o’rtasida keng targ’ibotini yo’lga qo`yish.

            To’rtinchidan, “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat Dasturi qabul qilinish arafasida, bundan tashqari yoshlar, xotin-qizlar va boshqa yo’nalishlarda qabul qilinadigan Dastur yoki shunga o’hshash huquqiy hujjatlarda Markaz va uning mintaqaviy-hududiy bo’limlariga yuklatilgan bandalar ijrosiga alohida e’tibor bilan yondashish va ishlab chiqiladigan tarmoq dasturini ham sifatli etib ijro etish lozim.

Beshinchidan, Targ’ibot ishlarini ta’sirchanligini oshirishga alohida e’tibor berish bunda Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi va Milliy g`oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan taqdimotlar, ijtimoiy roliklar va videofilmlar yaratilishini kengaytirish va joylarda ushbu tag’ibot materillaridan keng foydalanish.

      Joriy yil I-II choragida 25 nomdagi risola va, 20 turdagi yoshlar ma’naviyatini turli tahdidlardan asrashga va faoliyatimizga dahldor bukletlarni tayyorlash va uni  joylarga etkazish.

           Oltinchidan, Bugungi kunda Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzah, Toshkent viloyatlarida ijro intizomiga rioya etilishi bo’yicha alohida monitoring o’rnatish, shuningdek, Markazdan yuborilgan xatlar va targ’ibot materillari quyi bo’g’inlargacha yetib borishini ta’minlash hamda boshqa viloyatlar ham joriy yilda ijro intizomiga alohida e’tibor berishlari, Davlat dasturlari va boshqa amalga oshiraladigan ishlar to`grisida o’z vaqtida ma’lumotlarni taqdim etishlari lozim.

       Yettinchidan, Targ’ibot ishlari samaradorligi va sifatini oshirish  shuningdek, xalqimizning boy ma’naviy, madaniy merosini respublikamizda va xorijda targ`ib qilish uchun Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi qoshida zamonaviy multimedia markazini yaratish, buning natijasida milliy ma’naviyatimiz, qadriyatlarimiz, tariximiz, san’at durdonalari aks etgan taqdimotlarni yaratishni yo’lga qo`yish  hamda yoshlarni past saviyali “ommaviy madaniyat” ta’siridan hamda nosog`lom turmush tarzi g`oyalaridan saqlashga qaratilgan bosma nashrlar, eshittirish va ko’rsatuvlar, hujjatli film, badiiy va video filmlarni DVD, CD, Mp 3 shaklida ta’lim dargohlarining axborot-resurs markazlariga  tayyorlab va yetkazib berish.

Sakkizinchidan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi tasarrufidagi “Jahon adabiyoti”, “Tafakkur” va “Ma’naviy hayot” jurnallariga 2015 yilda obuna ishlarini targ’ibotidagi kamchiliklarni bartaraf etish, mintaqaviy-hududiy bo’limlar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashlarida ushbu masalani tanqidiy ko’rib chiqish hamda ushbu jurnallarga 2,3-,4-choraklarda obuna ishlarini tizimli tashkil etish.

Hurmatli yig’ilish qatnashchilari so’zim oxirida Sizlarga shuni aytmoqchimanki, bugun ma’naviyat sohasida amalga oshirmoqchi bo’lgan ishlarimiz har qachongidanda muhimroqdir. Bu ishlarmizni chin yurakdan va vijdonan xalqimiz ayniqsa, yoshlarimiz uchun amalga oshirish yo’lida Sizlarga kuch-quvvat va omad tilab qolaman!

 E`tiborlaringiz uchun rahmat!