Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi
Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi

 



Ma'naviyat tizimiga kirish 


Foydali manbalar


  Milliy bayramlar



mygovuz_uz.jpg

 

Rejadagi tadbirlar

Elektron fuqaro murojaatlari

Jami murojaatlar: 32                                       

Ko‘rib chiqilmoqda:                                               

Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan: 32

  

connexontario_uz.jpg

Ob-havo


                  Все о погоде - Pogoda.uz

Ovoz berish


Barcha ovozlarni ko'rish
  1. Veb-saytimiz haqida qayerdan xabar topdingiz?
    7 22%
    6 19%
    8 25%
    5 16%
    6 19%

    Barcha ovozlar soni: 32


  Qo‘shiqlarda Vatan madhi

     Samarqandda Vatanimiz mustaqilligining 26-yilligiga bag‘ishlangan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

   Har yili an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan mazkur tanlov xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash, ona yurtimiz ulug‘langan badiiy yuksak qo‘shiqlar yaratishni rag‘batlantirish, yangi iste’dodlarni kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
   Tanlovning bu yilgi tuman va shahar bosqichlari ham yuqori saviyada tashkil etilib, unda viloyatdagi madaniyat va aholi dam olish markazlari ansambllari, professional va havaskor ijrochilar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar, bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilaridan iborat 280 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi. Ular orasidan g‘olib deb topilgan 68 ijrochi tanlovning viloyat bosqichida iste’dodini yana bir bor sinovdan o‘tkazdi.
   Ishtirokchilarni baholashda ko‘shiq matnining mazmundor va xalqchilligi, Vatanga muhabbat va sadoqat g‘oyalari bilan uyg‘unligi, musiqaning originalligi, ijrochining sahna madaniyati va mahoratiga e’tibor qaratildi.
    Birinchi o‘rinni Samarqand shahridan erkin ijodkor Z.Asqarov qo‘lga kiritdi. Keyingi sovrinli o‘rinlarga Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 1-madaniyat va aholi dam olish markazi xodimi G‘.O‘sarov, Samarqand shahridagi 16-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Z.To‘raqulova sazovor bo‘ldi.
    Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ular endi tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.

Orqaga qaytish