Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi
Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi

 



Ma'naviyat tizimiga kirish 


Foydali manbalar


  Milliy bayramlar



mygovuz_uz.jpg

 

Rejadagi tadbirlar

Elektron fuqaro murojaatlari

Jami murojaatlar: 32                                       

Ko‘rib chiqilmoqda:                                               

Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan: 32

  

connexontario_uz.jpg

Ob-havo


                  Все о погоде - Pogoda.uz

Ovoz berish


Barcha ovozlarni ko'rish
  1. Bizning veb-saytimizni qanday baholaysiz?
    15 44%
    7 21%
    7 21%
    5 15%

    Barcha ovozlar soni: 34


Sharq san’ati vorislari

     Nilufar Aminjonova Respublika dizayn kollejining uchinchi kurs o‘quvchisi. Milliy qadriyatlar va an’analarimizni chizmalarda tasvirlash uning jonu dili. Yosh iqtidor egasining manzara, portret yoki natyurmort janridagi asarlarida milliyligimiz singdirilganini ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi memorial bog‘-muzeyida Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan “Sharq san’ati vorislari” ko‘rgazmasida Nilufar "Buvimning hovlisi", "Buvim portreti", "Yorqin xotira" deb nomlangan suratlari bilan ustozu muxlislarini xushnud etmoqda.

– Bugungi ko‘rgazmani "Sharq san’ati vorislari" deb bejizga nomlamadik, – deydi kollej o‘qituvchisi Ruslan Qodirov. – Negaki, o‘quv dargohimizda tuzilgan yosh rassomlar guruhi ana shunday nom bilan atalgan. Bu guruh "ustoz-shogird" an’analari asosida faoliyat yuritib, unda eng iqtidorli yoshlar jamlangan. Navro‘z bayrami arafasida tasviriy san’at ixlosmandlariga guruhimizning o‘n to‘rt nafar yosh ijodkori oltmishdan ortiq chizmalarini taqdim etayotir.

Kollejda tashkil etilgan "Sharq san’ati vorislari" guruhiga Ruslan Qodirov va Marina Makeyeva yetakchilik qiladi. Ular guruhning har bir a’zosiga alohida e’tibor berib, tasviriy san’at olamidan saboq berib boradi. Birgalikda ijod qilib, birgalikda izlanayotgan bu jamoaning hamfikr va hamjihatligiga havas qilsa arziydi.

Ko‘rgazma ekspozitsiyasidan joy olgan R.Qodirov, M.Makeyeva, O.Yo‘ldoshev, V.Galautdinov, H.G‘aybullayeva, F.Aloyev, F.Husenova, O.Jabborova, I.Ahmadjonova kabi yosh iste’dodlarning manzara, portret, syujetli kompozitsiya va natyurmort janrlarida chizilgan asarlarida jannatmonand yurtimiz jamoli, tabiati, odamlari, urf-odatlari, milliy an’analarimiz ranglar dunyosiga o‘ziga xos tarzda kirib borgan va jilolangan.

Orqaga qaytish