Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi
Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi

 



Ma'naviyat tizimiga kirish 


Foydali manbalar


  Milliy bayramlar



mygovuz_uz.jpg

 

Rejadagi tadbirlar

Elektron fuqaro murojaatlari

Jami murojaatlar: 32                                       

Ko‘rib chiqilmoqda:                                               

Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan: 32

  

connexontario_uz.jpg

Ob-havo


                  Все о погоде - Pogoda.uz

Ovoz berish


Barcha ovozlarni ko'rish
  1. Yoshingiz nechada?
    13 22%
    11 19%
    21 36%
    11 19%
    10 17%
    16 27%

    Barcha ovozlar soni: 59


 Joylarda “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda

    Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning ijod ahli va ziyolilar bilan uchrashuvida ko‘tarilgan masalalarni muhokama qilish, shu bilan birga davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida markazining professor-o‘qituvchilar, yozuvchi va shoirlar, rassomlar, teatr aktyori va aktrisalari hamda san’atkorlardan iborat targ‘ibot guruhi mamlakatimizning turli hududlarida uchrashuvlar olib bormoqda.

   Mazkur targ‘ibot guruhlari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramining mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng yoritish maqsadida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” mavzusida targ‘ibot tadbirlarida ishtirok etishmoqda.
   Targ‘ibotchilar tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi barcha mahalla guzarlarida, mehribonlik uylarida, bolalar oromgohida shuningdek boshqa mehnat jamolarida aholining keng qatlami vakillari, ayniqsa chekka-chekka hududlarda uyushmagan aholi vakillari ishtirokida, “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!”, “O‘zbekiston jannatmakon yurt”, “Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!”, “Eng shonli, eng ulug‘ va muqaddas bayramimiz” shiorlari ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda.
    Targ‘ibotchilar tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifatga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirish, yurtimizda bunyodkorlik ruhini yaratish, mustaqillikning ma’naviy-ma’rifiy asoslarini keng yoritish alohida e’tibor qaratilmoqda.
   O‘tkazilayotgan mazkur tadbirlarda aholining keng qatlam vakillari, joylardagi ijodkor va ziyolilar, nuroniylar, mahalla faollari, mahalla yoshlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtiroki ta’minlanmoqda.
   Bugungi kungacha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l, Taxtako‘pir va Qonliko‘l tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Kitob, Qarshi tumanlari va Beshkent shaharchasida, Navoiy viloyatining Navoiy shahri, Navbahor va Qiziltepa tumanlari, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq va Zangiota tumanlarida tadbirlar o‘tkazildi. Targ‘ibot guruhlari tomonidan mamlakatimizning eng chekka hududlarigacha qamrab olishni maqsad qilingan targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.

Orqaga qaytish