Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi
Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi

 



Ma'naviyat tizimiga kirish 


Foydali manbalar


  Milliy bayramlar



mygovuz_uz.jpg

 

Rejadagi tadbirlar

Elektron fuqaro murojaatlari

Jami murojaatlar: 32                                       

Ko‘rib chiqilmoqda:                                               

Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan: 32

  

connexontario_uz.jpg

Ob-havo


                  Все о погоде - Pogoda.uz

Ovoz berish


Barcha ovozlarni ko'rish
  1. Veb-saytimiz haqida qayerdan xabar topdingiz?
    7 22%
    6 19%
    8 25%
    5 16%
    6 19%

    Barcha ovozlar soni: 32


Surxondaryoda “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” tadbiri

       O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma olti yilligi munosabati bilan joylardagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida aholining keng qatlamlari o‘rtasida Respublikamizning fan, ta’lim, madaniyat va san’at namoyondalari hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi targ‘ibotchilaridan iborat guruh tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-3095-son qarori, viloyat hokimining O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha qarori, 2017 yil 30 iyuldagi -05-01-318-sonli manzilli rejasi asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlab “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida viloyatimizning barcha shahar va tumanlarining chekka hududlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.
   Tadbir davomida keng aholi qatlamiga mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha sohalarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash borasida olib borilayotgan ishlar, Qurolli kuchlar tizimidagi islohotlar, milliy armiyamizning salohiyati aks ettirilgan, shuningdek, bugungi kunda dunyoning turli davlatlarida yuz berayotgan notinchliklar, diniy ekstremistik xunrezliklar, ularning ortida turgan yovuz kuchlar va ularning g‘arazli maqsadlarini ochib berishga qaratilgan ma’ruzalar mutaxassislar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, targ‘ibot guruhi vakillari tomonidan istiqlolimiz qaytarib bergan ona tilimiz va muqaddas dinimiz, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, an’analarimiz, tarixiy-madaniy merosimiz, ularning jamiyatda va har birimizning hayotimizda tutgan o‘rni, shu bilan bir qatorda turli diniy-ekstremistik oqimlarga ko‘r-ko‘rona kirib ketishning salbiy va ayanchli oqibatlari, farzandlarning o‘z ota-onalari va Vatani oldidagi burchlari, kasb va hunarga ega bo‘lishning ahamiyati to‘g‘risida, vatanparvarlik, odob-axloq, mehr-oqibat, umuminsoniy munosabat, yurtga sadoqat kabi mavzularda fikrlar bildirilib, san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari tashkil etilmoqda.
   Jumladan, tasdiqlangan reja asosida Termiz shahridagi “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida, Termiz tumani va shahardagi harbiy qismlarda, vohaning Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan Sariosiyo tumani va Uzun tumanidagi olis “Xonjiza” qishlog‘ida, shuningdek, Denov, Oltinsoy, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on tumanlarida, shuningdek, qo‘shni Afg‘oniston davlati bilan Termiz tumanidagi “Gulbahor”, Qiziriq va Turkmaniston Respublikasi bilan chegara hududda joylashgan Sherobod tumanidagi “Zarabog‘” hamda Boysun tumanidagi tog‘li “Machay” qishloqlarida ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
    Respublikadan tashrif buyurgan targ‘ibotchilar “Oila” ilmiy markazi ilmiy xodimi - Xulkar Abdullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira - Umida Abduazimova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, yozuvchi - Risolat Haydarova, taniqli kinoaktyor Shuhrat Usmonov, rangtasvirchi rassom - Zebuniso Sharipova, Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri aktyori - Bozorbek Xolmo‘minov va boshqalar ishtirok etishmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bu yilgi targ‘ibot tadbirlari mustaqillik kuni bayramidan ancha avval, ya’ni 15 iyuldan boshlanib Respublikadan 3 guruhga bo‘lingan holda taniqli tarig‘ibotchilar ketma-ketlik bilan viloyatimizga tashrif buyurishadi. Xususan, birinchi guruh - joriy yilning 25 iyulidan – 5 avgustga qadar bo‘lsa, ikkinchi guruh – 7 – 16 avgust kunlari va uchunchi guruh esa 17 – 27 avgust kunlari joylarda bo‘lib, aholi o‘rtasida tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ishtirok etishadi.
     O‘tkaziladigan bunday tadbirlar qo‘lga kiritilgan mustaqillikning tarixi, istiqlolni qadrlash, uni yanada mustahkamlash, fuqarolarimizning mafkuraviy immunitetini yanada kuchaytirishga, ularda vatanparvarlik, shukronalik hissini kamol toptirishga va kelajakka bo‘lgan mustahkam ishonchini yanada orttirishga hamda ularni turli yot g‘oyalar, zararli illatlar ta’siridan ishonchli asrash va himoyalashga xizmat qiladi.
     Yana bir jihat, viloyatimizning chekka-chegara, tog‘li va olis hududlarida istiqomat qilayotgan yoshu keksa, xotin-qizlar amalga oshirilayotgan islohotlardan xursand ekanliklarini bildirishdi.

Orqaga qaytish