Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi
Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi

 



Ma'naviyat tizimiga kirish 


Foydali manbalar


  Milliy bayramlar



mygovuz_uz.jpg

 

Rejadagi tadbirlar

Elektron fuqaro murojaatlari

Jami murojaatlar: 32                                       

Ko‘rib chiqilmoqda:                                               

Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan: 32

  

connexontario_uz.jpg

Ob-havo


                  Все о погоде - Pogoda.uz

Ovoz berish


Barcha ovozlarni ko'rish
  1. Siz qanday turdagi kitoblarni o`qish xohlaysiz?
    14 42%
    10 30%
    7 21%
    2 6%

    Barcha ovozlar soni: 33


Andijonda “Fidoing bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” tadbirlari bo‘lib o‘tdi

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyundagi PQ-3095-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7 iyuldagi 126-sonli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligining 2017 yil 25 iyuldagi 11/05-206-sonli reja-topshirig‘i hamda tadbirlar o‘tkazish jadvali tasdiqlandi.

    Tasdiqlangan reja-topshiriqlar joylardagi mutasaddilarga yetkazildi. Joriy yilning 29 iyul kuni O‘zbekiston milliy universiteti falsafa fanlari doktori F.Musayev rahbarligida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Q.Rahimboyev, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktyori F.Ziyayev hamda kinoaktiyor M.Iskandarovlardan iborat respublika targ‘ibot guruhi a’zolari viloyatimizga yetib keldi.
    Tasdiqlangan jadval asosida joylarda targ‘ibot guruhlari “Fidoing bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini samimiy, oddiy, sodda va ko‘tarinki ruhda o‘tkazishmoqda.
   Joriy yilning 31 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayrami munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” degan ezgu shior ostida
    30 ta ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Ularda 3284 nafar aholi vakillari hamda korxona, tashkilot va muassasa ishchi-xodimlari qatnashdi. Ulardan 2160 nafarini yoshlar tashkil etdi.Jumladan, Respublika va viloyat targ‘ibotchilaridan iborat guruh jadval asosida Qorasuv shahridagi 9228 xarbiy qism 4-bojxona postida Mustaqilligimizning 26 yilligi munosabati bilan “Fidoing bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusida jami 70 nafar xarbiy qism komondirlari va xarbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Jadval asosida kunning ikkinchi yarmida Qorasuv shahridagi “Bobur” mahalla fuqarolar yig‘inida jami 65 nafar hamda “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida jami 125 nafar axoli, ayniqsa, uyushmagan yoshlar ishtirokida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida “Yagonasan, muqaddas Vatan!” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar o‘tkazildi.
       Andijon shahridagi “To‘qqizariq” mahalla fuqarolar yig‘inida shahar targ‘ibot guruhi tomonidan jadval asosida Mustaqilligimizning 26 yilligi munosabati bilan “Fidoing bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda jami 80 nafarga yaqin hudud deputati, axoli vakillari va yoshlar ishtirok etdi.

Orqaga qaytish