Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi
Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi

 



Ma'naviyat tizimiga kirish 


Foydali manbalar


  Milliy bayramlar



mygovuz_uz.jpg

 

Rejadagi tadbirlar

Elektron fuqaro murojaatlari

Jami murojaatlar: 32                                       

Ko‘rib chiqilmoqda:                                               

Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan: 32

  

connexontario_uz.jpg

Ob-havo


                  Все о погоде - Pogoda.uz

Ovoz berish


Barcha ovozlarni ko'rish
  1. Siz qaysi hududdansiz?
    6 16%
    10 27%
    2 5%
    1 3%
    1 3%
    1 3%
    3 8%
    2 5%
    4 11%
    1 3%
    2 5%
    1 3%
    3 8%

    Barcha ovozlar soni: 37


Namanganda Navro'z sayllari

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorida bayramning tarixi, uni nishonlash bilan bog‘liq urf-odat, an’ana va qadriyatlarimizning mohiyati, ahamiyatini keng yoritish, Navro‘zning ruhi va falsafasida o‘z aksini topgan mehr-muruvvat, ahillik va totuvlik, yoshi ulug‘ insonlar, tabarruk otaxon va onaxonlarni har tomonlama e’zozlash, ko‘makka muhtoj kishilarga beg‘araz yordam berish bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazish va xayriya ishlarini amalga oshirish lozimligi qayd etilgan.

      Shu munosabat bilan mamlakatimizning barcha viloyatlarda bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.
      Jumladan, 2017 yil 17 mart kuni Yangiqo‘rg‘on tumanining chegara hududida joylashgan Ko‘kyor qishlog‘idagi madaniyat va aholi dam olish markazi va tumandagi 17-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida, shuningdek, tuman markazidagi istirohat bog‘i hamda Yangiqo‘rg‘on – Namangan yo‘nalishidagi suv ombori orolchasida madaniy dam olish maskanida aholining keng qatlami bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, madaniy ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlarda “Nihol” mukofoti sovrindorlari, estrada xonandalari Malika Egamberdiyeva hamda Bekzod Baxromovlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, shu kuni Namangan tumani Toshbuloq madaniyat va aholi dam olish markazi hamda Tepaqo‘rg‘on pedagogika kollejida hududdagi mahallalar aholisi va uyushmagan yoshlari, keng jamoatchilik bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
     Mazkur tadbirlarda respublika hamda viloyat targ‘ibot guruhi a’zolari – O‘zbekiston milliy universiteti Jurnalistika fakulteti dotsenti, guruh rahbari Axmadjon Meliboyev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, publitsist Umirov Saydi, Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan maxsus akademik litseyi oliy toifali o‘qituvchisi Tajibayev Gafurjan, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Amindjanov Nurdinjon, O‘zbekiston davlat drama teatri aktrisasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Munojatxon Teshaboyeva, shoira Minavvara Usmonova, O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori Sardor Mansurov, shuningdek, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bo‘limi rahbari Sayfiddin Muxitdinov, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Norqo‘zi Qo‘chqorov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari, shoir Jamoliddin Muslim va boshqalar ishtirok etdilar.



Orqaga qaytish