Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi
Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi

 



Ma'naviyat tizimiga kirish 


Foydali manbalar


  Milliy bayramlar



mygovuz_uz.jpg

 

Rejadagi tadbirlar

Elektron fuqaro murojaatlari

Jami murojaatlar: 32                                       

Ko‘rib chiqilmoqda:                                               

Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan: 32

  

connexontario_uz.jpg

Ob-havo


                  Все о погоде - Pogoda.uz

Ovoz berish


Barcha ovozlarni ko'rish
  1. Bizning veb-saytimizni qanday baholaysiz?
    15 44%
    7 21%
    7 21%
    5 15%

    Barcha ovozlar soni: 34


  Sirdaryoda “Navro‘z” shukuhi

     Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 28-fevraldagi «2017-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra bu yil Navro‘z bayramini shaharu qishloqlarimizda umumxalq sayillari shaklida yuqori darajada o‘tkazish belgilangani xalqimizning ma’naviy quvvatlarini yanada oshirishga, ezgu sa’y-harakatlarni buyuk maqsadlar yo‘lida birlashtirishga xizmat qiladi.

    Sirdaryo viloyatida ham “Navro‘z” umumhalq bayramiga bag‘ishlab Respublikadan viloyatga biriktirilgan targ‘ibot guruhi bilan tuman, shaharlarda madaniyat, adabiyot va san’at namoyondalari ishtirokida bir qator ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Jumladan: Joriy yilning 14-mart kuni Guliston shahridagi 2-akademik litseyining faollar zalida, “Bolalar shaharchasi”da va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab internatida targ‘ibot guruhi a’zolari O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti o‘qituvchisi, shoir Jafar Xolmuminov, “Yangicha fkirlash” psixologik markazi rahbari Rustambek Raimbekov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshev, teleboshlovchi, estrada xonandasi Tolibjon Isroilov, “Nihol” mukofoti sovrindorlari Abduvali Rajabov, Shaxnoza Otabayeva, Umid Shoxobov, estrada xonandasi Dilafruz Asraliyeva, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri ijodkorlari. Muqaddas Mamadaliyeva va Latipov Azizxonlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlarda “Bo‘ston”, “Istiqlol”, “Madaniyat”, “Ma’rifat” va “Axillik” mahallalri fuqarolari “Bolalar shaharchasi” tarbiyalanuvchilari, Guliston 2-akademik litseyining va Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab internatining o‘qituvchi va o‘quvchi yoshlari ishtirok etishdi.
    15-mart kuni Mirzaobod tumanida joylashgan 525-safarbarlik chaqiruvi rezervi, 21577 va N sonli harbiy qism askarlari, ofitser zobitlari hamda ularning oilalari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.
    16-mart kuni Mirzaobod tumanidagi “Yangiobod” QFY, “Navro‘z” ShFY va “Toshkent” QFY ga qarashli MFYlarida ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi. Tadbirlarda radio boshlovchi Voxobiddin Ziyo, estrada xonandasi E’tibor Otajonva, O‘zbekiston davlat jaxon tillari universiteti o‘qituvchisi, shoir Jafar Xolmuminov, “Yangicha fkirlash” psixologik markazi rahbari Rustambek Raimbekov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshev, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri ijodkorlari. Muqaddas Mamadaliyeva va Latipov Azizxonlar ishtirok etishdi.
    Bayram tadbirlari va sayllar davom etmoqda.

Orqaga qaytish