Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi
Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi

 



Ma'naviyat tizimiga kirish 


Foydali manbalar


  Milliy bayramlar



mygovuz_uz.jpg

 

Rejadagi tadbirlar

Elektron fuqaro murojaatlari

Jami murojaatlar: 32                                       

Ko‘rib chiqilmoqda:                                               

Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan: 32

  

connexontario_uz.jpg

Ob-havo


                  Все о погоде - Pogoda.uz

Ovoz berish


Barcha ovozlarni ko'rish
  1. Sizga ko’proq qaysi mavzudagi maqolalar yoqadi?
    12 32%
    3 8%
    9 24%
    9 24%
    5 13%

    Barcha ovozlar soni: 38


  “INSON MANFAATLARI HAMMA NARSADAN USTUN”

     O‘zbekistonning mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi islohotlar jarayonini keng ommaga ta’sirchan va jozibador shakllarda yetkazish, xalqning chinakam bunyodkorlik ishlarini odamlar ongida, ruhiyatida, qiyofasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tasviriy namoyon etish maqsadida 1997 yil 12 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 436-sonli qarori qabul qilingan bo‘lib, bugungi kunda uyushmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 65 ta tuman hamda shahar bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

   Ushbu qarorga asosan, ijodiy uyushmaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman bo‘limlari Davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, vatandoshlarimizning buyuk bunyodkorlik ishlarini ifodalovchi, ona Vatanga muhabbat va ma’naviy qadriyatlarga ehtirom ruhida tarbiyalovchi, O‘zbekistonda tinchlik va barqarorlikni ulug‘lovchi, yangilanish va islohotlar jarayonini namoyish qiluvchi ijobiy o‘zgarishlar haqidagi hamda zamondosh qahramonlarimiz siymosini aks ettiruvchi tasviriy-targ‘ibot vositalarini tayyorlash, ularni odamlar gavjum joylarga joylashtirish orqali ma’naviy-ma’rifiy, tasviriy-targ‘ibotni faol amalga oshirib kelmoqda.
   Uyushma ijodkorlari va dizaynerlari har bir matnning mazmun-mohiyatini chuqur anglab, ta’sirchan kuchga ega bo‘lgan, insonning ruhiyatini uyg‘otadigan, kayfiyatini ko‘taradigan, dilini ravshan torttirib, orzulariga qanot bo‘ladigan tasviriy vositalarni yaratishmoqda. Har bir jarayonni aks ettiruvchi tasvir yoki shiorlar bilan berilayotgan rasmlarda esa fidokorona mehnati, halolligi, vatanparvarligi, izlanuvchanligi va tashabbuskorligi bilan yoshlarga o‘rnak bo‘layotgan, davlatimiz unvonlari, orden hamda medallari bilan mukofotlangan zamondosh qahramonlarimiz siymosini sharqona tasvirlarda aks ettirib, ijtimoiy, tasviriy targ‘ibot vositasining ta’sirchanligini yanada oshirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
   “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tomonidan yillarning nomlanishi mavzusida tavsiyalar qo‘llanmalarini tayyorlab chop etish an’anaga aylangan. Ushbu tavsiyalar jamiyat hayoti, undagi ezgu ishlarning mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlar qalbiga tasviriy-targ‘ibot vositalari orqali singdirishda foydalanish uchun mo‘ljallangan. 2017 yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” da “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” nomli tavsiyalar qo‘llanmasi chop etildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlisdagi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma hamda mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlislaridagi, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, prokuratura va boshqa sohalar mas’ullari bilan uchrashuvlaridagi nutq va ma’ruzalari dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
    Mazkur qo‘llanma sahifalarida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ma’ruza va nutqlaridan olingan qaydlar, donishmandlarning olam-olam ma’no anglatuvchi ibratli iboralari, xalq maqollari, she’riy misralar, xalq bilan muloqot va inson manfaatlarini ulug‘lash, ona Vatanni himoya qilish, mustaqillikni mustahkamlash, ma’naviy qadriyatlarni e’zozlashga undovchi va boshqa mavzulardagi purma’no hikmatlar jamlangandir. Tavsiyalardan markaziy ko‘chalar, bozorlar, xiyobonlar, bekatlar, avtotransport vositalari, temiryo‘l va metro vagonlari hamda odamlar gavjum bo‘ladigan, ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan manzillarga o‘rnatiladigan bannerlar, plakatlar va boshqa tasviriy-targ‘ibot vositalarini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tayyorlashda foydalanish maqsadga muvofiq. Shuningdek, tavsiyalardan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, banklar, kompaniyalar, markaziy muassasalar, mahalla, ta’lim muassasalari va jamoat tashkilotlari ma’naviy-ma’rifiy tasviriy-targ‘ibot vositalarida keng foydalanishlari tavsiya etiladi.
   Bugungi kundagi ijodiy uyushma oldida turgan eng ustuvor vazifalardan biri – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilining asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda “El farovonligini yanada yuksaltirish” degan olijanob g‘oyani har bir yurtdoshimiz qalbiga tasviriy targ‘ibot vositalari orqali yetkazishdir.
   2017 yil 6 mart kuni Toshkentdagi “Poytaxt” biznes markazida Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashabbusi bilan “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” nomli tavsiyalar qo‘llanmasining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
    Mazkur tadbirda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi faollari, vazirliklar, markaziy idoralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Orqaga qaytish