Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashi
Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi

 



Ma'naviyat tizimiga kirish 


Foydali manbalar


  Milliy bayramlar



mygovuz_uz.jpg

 

Rejadagi tadbirlar

Elektron fuqaro murojaatlari

Jami murojaatlar: 32                                       

Ko‘rib chiqilmoqda:                                               

Ko‘rib chiqilgan va javob berilgan: 32

  

connexontario_uz.jpg

Ob-havo


                  Все о погоде - Pogoda.uz

Ovoz berish


Barcha ovozlarni ko'rish
  1. Bizning veb-saytimizni qanday baholaysiz?
    15 44%
    7 21%
    7 21%
    5 15%

    Barcha ovozlar soni: 34


14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni

Mustaqil O'zbekistonda ushbu bayram o'z qurolli kuchlarini tashkil etishga bag`ishlangan. 1992-yil 14-yanvarda mamlakat parlamenti mamlakat hududidagi xarbiy o'quv yurtlari va boshqa xarbiy shakllarining barcha qismlari va birlashmalarini O'zbekiston Respublikasi yurisdiksiya qaramog`iga o'tishi to'g`risida qarori qabul qilindi.1993-yil 29-dekabrda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni deb e'lon qilindi.

8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni

O'zbekistonda ushbu bayram sevgi, mehrbonlik va go'zallik bayrami sifatida nishonlanadi, shuningdek, "Onalar kuni" sifatida ham taniqlidir. 8-mart O'zbekistonda dam olish kuni deb belgilangan.

21-Mart - Navro'z

Navro'z qadimiy milliy bayrami (forz tilidan tarjima qilindanda "yangi kun" ma'nosini anglatadi) 21-mart kuni nishonlanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir. Ushbu bayramning kirib kelishi bilan ko'pgina O'zbek oilalar Sumalak, Xalim, Ko'k somsa, Osh kabi turli milliy taomlarni tayyorlaydilar. Mazkur taomlar odamzod salomatligiga foydali bo'lgan ko'p vitaminlarga boydir.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng O'zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana'nalari kuchga kirdi, jumladan Navro'z bayramini nishonlash o'ziga xos tusga ega bo'ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do'stlik va birlik ramziga ega bo'lgan umumxalq bayramdir. Bugungi kunda Navro'z bayrami "Alisher Navoiy"maydonida tantanali ravishda nishonlanadi.

9-may - Xotira va qadrlash kuni

1999-yili 9-may kuni O'zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9- may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram keng ma 'noga ega bo'lib, u mustaqil O'zbekistonda asrlar davomida qaxramona, o'lkamizni ximoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag`ishlanish bilan bir qatorda u umumxalq hotirasi va insonni qadralash kuni hamdir. Xotira va qadrlash kuni chinakam milliy-umumhalq bayramidir, bu kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan habar oladilar, katta yoshlilarni ziyorat qiladilar va ularga alohida izzat ko’rsatiladi.

1-sentabr - Mustaqillik kuni

O'zbekiston Respublikasining asosiy milliy bayrami - Mustaqillik kunidir. Ushbu bayram 1- sentabr kuni marosimli va rang barang shaklda nishonlanadi. Milliy bayram do'stlik, xayriya va har tomonlama xurmatga tayangan o'zbek xalqining barcha orzularini nomoyon etadigan bayramdir.

O'zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millatlar vakillari millati, dini va irqidan qat'iy nazar O'zbekistonning barcha hududlarida faol nishonlaydilar.

1-oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni

Har yili O'zbekistonda Ustoz va murabbiylar kuni keng nishonlamoqda. Qadim zamonlardan ustozga bo'lgan chuqur xurmat va e'tiroz saqlanib qolgan. "Domla", "Muallim", "Ustoz" kabi so'zlar o'z ustozlardan nafaqat bilimlarni va axoliga bo'lgan xurmat munosabati va Vatanga bo'lgan mehriga ega bo'lgan o'quvchilar asrlar davomida minnatdorchilik va izzat bilan murojjat etganlar.

Maktab va o'quv muassasalarning o'quvchilari xayotning ilk bilimlarini bergan ustozlarga chuqur izzatdadirlar. Ushbu kunda o'qituvchilarni minnatdorchilik bilan, gullar va sovg`alar bilan xayot yo'lida mashaqatli mehnati uchun chin yurakdan tabriklashadi.

8 dekabr - Konstitutsiya kuni

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Parlament tomonidan 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. Ushbu bayran butun O'zbekiston bo'ylab keng nishonlanadi.

Ramazon Xayiti

Ushbu bayram Ro'za xayiti sifatida tanilgan va musulmon (Hijriy) kalendarining 9-oyiga to'g'ri keladi. Bayram 30 kundan iborat bo'lib, ruxiy hamda ma'naviy tozalanish an'anasi hisoblanadi. Uning shartlari quyudagicha: kun chiqishdan to kun botganga qadar ovqat va suv iste'mol qilmaslik; yomon o'ylardan saqlanish; atrofdagilarga xurmatda bo'lish va ularga imkoniyat darajasida yaxshilik qilishdan iboratdir.

Ushbu shartlarni bajargandan so'ng uch kundan iborat bo'lgan Ramazon Xayiti boshlanadi. "Ramazon Xayiti" birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.

Qurbon Xayiti

Musulmonlar tomonidan nishonlanadigan dunyodagi eng katta diniy bayramlardan biridir. Bu bayramning negizi, o'z o'g'lini Olloh yo'lida qurbon qilishga tayyor bo'lgan Payg'ambar Ibrohim bilan bog'liq bo'lgan tarihiy voqeaga taqaladi, shunda uning harakati Olloh tomonidan to'htatilib o'rniga hayvon (qo'y, tuya va boshqa jonliq) qurbon qilish buyuriladi. Bayram uch kun davom etadi va musulmonlar bu kunlarni oila va qarindoshlar davrasida o'tkazadilar. Bayram kunlari kishilar uzoq-yaqinda yashovchi yaqinlarini holidan habar oladilar, muhtojlarga yordam beradilar. "Qurbon Xayiti"ning birinchi kuni dam olish kuni hisoblanadi.

Orqaga qaytish